Menus

Displaying 1-10 of 1 result.

Loyiha haqida

uMail.uz – bepul elektron pochta xizmati.

uMail.uz pochtasi barcha xohlovchilar uchun qulay interfeysga ega bo`lgan, viruslar va spamdan ishonchli himoyalangan elektron pochta qutisini bepul taklif etadi.

Pochta xizmatining ba’zi qoidalari:

-  pochta qutisini ochish uchun albatta ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o`tishingiz kerak;

-  bitta xatning maksimal hajmi 100 Mb;

-  pochta qutisining maksimal hajmi 10 Gb;

-  pochta qutisidan bir yildan ortiq foydalanilmasa u o`chirib tashlanadi.

Xizmatning veb-interfeysidan ham, IMAP protokolidan foydalangan holda xatlarni sinxronlashtirish orqali foydalanuvchining kompyuterida pochta mijozi orqali ham foydalanish mumkin.

Murojat uchun telefon: (+998 71) 202-22-02 (778; 779)

Foydalanish kelishuvi

uMail.uz pochta xizmati uchun foydalanish kelishuvi

1. Foydalanish kelishuvi

1.1. Ushbu Foydalanish kelishuvi (keyinchalik - "Foydalanish kelishuvi") Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MChJ (keyinchalik - "Ma'muriyat") va ushbu Foydalanish kelishuvi bilan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxs (keyinchalik - "Foydalanuvchi") o'rtasida tuzilgan va uMail.uz elektron pochta xizmatidan (keyinchalik - "uMail") foydalanish munosabatlarini tartibga soladi.

1.2. Ushbu Foydalanish kelishuvi predmeti bo’lib - Ma'muriyat va Foydalanuvchi o'rtasidagi uMail xizmatidan foydalanish, shuningdek Ma'muriyat tomonidan ularni o'zgartirish, qo'shimcha kiritish va  bekor qilish ish tartibi xizmat qiladi.

1.3. Ushbu Foydalanish kelishuvi Foydalanuvchi tomonidan pochta qutisi ochilishi bilan kuchga kiradi va Foydalanuvchi ushbu kelishuvning shartlariga rozi ekanligini anglatadi.

2. Foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish, pochta qutisi ochish

2.1. Pochta qutisi ochish uchun foydalanuvchi ID.UZ identifikatsiya xizmatidan foydalangan holda avtorizatsiyadan o’tishi kerak, ya’ni bundan oldin ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tgan bo’lishi lozim. Agar ID.UZ tizimidan avval ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tayotgan vaqtingizda uMail xizmatida birdaniga pochta qutisi ochish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi lotin alifbosining harflari, sonlar va nuqta belgilaridan, defis va pastgi chiziq belgilaridan iborat, oltita belgidan kam bo’lmagan pochta qutisi nomini tanlaydi.

2.2. Foydalanuvchi pochta qutisini o’z komp’yuteridagi pochta klientlari (Outlook, TheBat!, Thunderbird va boshqalar) bilan bog’lash uchun kerak bo’ladigan parolni belgilaydi. Avtorizatsiyadan o’tish va pochta xizmatiga kirish uchun bu parol ishlatilmaydi.

2.3. Foydalanuvchi o’zi ro’yxatdan otishda ko’rsatgan ma’lumotlarni uchinchi saxslarga bermaslik va uchinchi shaxslar ma’lumotlaridan foydalanmaslik majburiyatini oladi. Foydalanuvchi o’z ro’yxatdan o’tish ma’lumotlarini maxfiyligini ta’minlaydi va Foydalanuvchi nomidan uMail xizmatida amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun to’liq javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

2.4. Ma’muriyat Foydalanuvchining ro’yxatdan o’tishini quyidagi holatlarda bekor qilish huquqiga ega:
- Agar pochta qutisini ochayotgan vaqtda foydalanuvchi tomonidan pochta qutisi nomi sifatida biror bir yuridik shaxs yoki boshqa turdagi fuqarolar yig’ini nomi, tovar belgisi yoki xizmat ko’rsatish belgisi ko’rsatilgan bo’lsa;
-Shuningdek, Ma’muriyat ixtiyoriga ko’ra o’zga qonunga xilof holatlarda.

3. Ma’lumotni qabul qilish, ulardan foyadalanish, tarqatish va saqlash

3.1.Ma’muriyat uMail yordamida jo’natiladigan ma’lumotlarni nazorat qilmaydi.

3.2. Ma’muriyat hech qanday holatda uMail yordamida tarqatilgan ma’lumotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

3.3. Foydalanuvchi uMail dan quyidagi maqsadlarda foydalanmaslikni o’z zimmasiga oladi:

1) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo’lgan ma’lumotlarni tarqatish;

2) Foydalanuvchi bilan kelishilmagan reklama va tashviqot ma’lumotlarini, spam, “piramidalar” chizmasi, “baxt xatlari” va hokazolarni jo’natish, shuningdek biror bir foydalanuvchi manziliga qo’pol va haqoratli iboralar va gaplardan iborat elektron xatlarni jo’natish;

3) Viruslar yoki boshqa kompyuter kodlari bo’lgan ma’lumotlarni, istalgan kompyuter yoki telekommunikatsiya qurilmalarini yoki dasturlarini ish jarayonini yo’q qilib tashlash yoki cheklashga mo’ljallangan fayllar va dasturlarni tarqatish, shuningdek, tijorat dasturiy mahsulotlari uchun seriya nomerlari, loginlar, parollar va Internetdagi boshqa pulli resurslarga noqonuniy kirish uchun qo’llaniladigan ma’lumotlarni va ularga havolalarni joylashtirish;

3.4. Foydalanuvchiga uMail va uning xizmatlarining me'yorida ishlashiga xalaqit beruvchi harakatlarni amalga oshirish, faqatgina Ma’muriyat tomonidan boshqariladigan uMail xizmatini to’liq yoki qisman boshqarish uchun harakat qilish, shuningdek tarmoqda hujumlar uyushtirish, turli ko’rinishdagi zararli dasturlarni yuklash, tarqatish, saqlash yoki boshqa usullar bilan ulardan foydalanish va bunday ma’lumotlarga uchinchi shaxslar uchun kirish huquqini berish ta’qiqlanadi.

3.5. Ma’muriyat Foydalanuvchi va uchinchi shaxslar o’rtasida tuzilishi mumkin bo’lgan har qanday shartnomalar uchun hech qanday javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

3.6. Foydalanuvchi, Ma’muriyat uMail xizmatidan foydalanish uchun cheklashlar qo’yish huquqiga ega ekanligini tan oladi (jumladan – xatlarni pochtada saqlash muddati, bitta ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi tomonidan jo’natilishi va qabul qilinishi mumkin bo’lgan xatlarning maksimal soni, ko’rsatilgan vaqt davomida xizmatga murojaat qilishning maksimal soni va hokazo).

3.7. Ma’muriyat foydalanuvchining ma’lumotlarini har qanday kechikish, to’xtab qolish, noto’gri yoki o’z vaqtida yetkazilmaslik, saqlanmaslik yoki o’chirib tashlanish holatlarida javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

4. Foydalanuvchini ro’yxatdan o’tishini bekor qilish

4.1. Ma’muriyat, Foydalanish kelishuvi qoidalari buzilganda hamda uMaildan bir yildan ortiq foydalanilmaganda Foydalanuvchini ro’yxatdan o’tishini bekor qilish yoki Foydalanuvchining ma’lumotlarini o’chirib tashlash huquqiga ega.

5. Mustasno  huquq

5.1. uMail  va u bilan bog’liq barcha kerakli dasturlarga  mustasno huquq Ma’muriyatga tegishlidir. Ko’rsatilgan huquq O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va xalqaro qonunchilik bilan himoyalangan.

6. Javobgarlikdan ozod qilish

6.1. Foydalanuvchi quyidagi shartlarni tushunishini va ularga rozi ekanligini tasdiqlaydi:

1) Foydalanuvchi uMaildan o’z shaxsiy javobgarligi ostida foydalanadi. uMailda joylashtirilgan xizmatlarning barchasi “boricha” ko’rsatiladi. Ma’muriyat o’ziga hech qanday javobgarlikni olmaydi, jumladan uMail xizmatlari Foydalanuvchining maqsadlariga to’liq mos kelishiga kafolat berilmaydi.

2) Ma’muriyat, uMaildan foydalanish yoki foydalana olmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha bevosita yoki bilvosita zararlar, Foydalanuvchining materiallaridan ruxsatsiz foydalanish, shuningdek uMaildan foydalanishda uchinchi shaxslar tomonidan sodir etiladigan harakatlar uchun javobgar emas.

7. Maxfiylik, tsenzura va filtrlash

7.1. uMaildan foydalanishda xatlarning maxfiyligi va Foydalanuvchi to’g’risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi ta’minlanadi. Quyidagi holatlardan tashqari:
- uMailda barcha Foydalanuvchilar va uchinchi shaxslar ko’rish imkoniyatiga ega ma’lumotlar;
- Mavjud qonunchilikda ko’rsatilgan Foydalanuvchilar ma’lumotlarini majburiy  ma’lum qilish holatlarida.

7.2. Foydalanuvchi ushbu kelishuv shartlarini qabul qilib:
- ro’yxatdan o’tish va uMail xizmatlaridan foydalanish vaqtida o’z ixtiyori bilan qoldirgan shaxsiy ma’lumotlarini Ma’muriyat tomonidan qayta ishlanishi;
- uMailda mavjud xizmatlarni yaxshilash va yangi xizmatlarni yaratish uchun ushbu ma’lumotlardan foydalanishi;
- Ma’muriyat tomonidan reklama beruvchilar uchun uMail auditoriyasida reklama beruvchining talablariga mos keladigan (targeting) uslubda reklama tarqatish va boshqa maqsadlarda qo’shimcha xizmatlar ko’rsatilishiga qarshi emasligini tasdiqlaydi.

7.3. Ma’muriyat uMaildan foydalangan holda tarqatiladigan ma’lumotlarni tsenzuradan o’tkazmaydi.

7.4. Ma’muriyat tomonidan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish choralari, amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarilishini ta’minlash asosida faqatgina uMail orqali jo’natilgan ma’lumotlar kimningdir huquq va erkinliklarini buzilishiga sabab bo’lgan holatlardagina yoki amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan uchinchi shaxslar huquqlarini himoya qilish huquqi berilgan davlat boshqaruv organlari yoki shaxslar murojaat etgandagina ko’riladi.

7.5. Foydalanuvchi uning barcha pochtadan jo’natgan xatlari, xatlarni to’liq uzatilishi, qabul qilinishi va saqlanishini ta’minlash uchun uMail dasturlarida ma’lum bir avtomatik qayta ishlash jarayonidan o’tishiga o’z roziligini bildiradi. Majburiy avtomatik qayta ishlash jarayoniga, jo’natilayotgan ma’lumotlarni zarar yetkazadigan kodlarga tekshirish, shuningdek iloji boricha bunday fayllarni blokirovka qilish yoki o’chirib tashlashga qaratilgan kerakli kompleks choralar kiradi. Ushbu choralar faqatgina Foydalanuvchining shaxsiy kompyuterlarini himoya qilish va Ma’muriyat uskunalariga bo’ladigan yuklamalarni kamaytirish uchun qo’llaniladi.

7.6. Foydalanuvchi o’z pochta qutisidagi shaxsiy ma’lumotlari va uMailda joylashtirilgan barcha ko’ra oladigan ma’lumotlardan tashqari Mamuriyatning istalgan boshqa ma’lumotlariga kirish huquqiga ega emas.

8. Umumiy ma’lumot

8.1. Ma’muriyat uMail to’g’risidagi tashkiliy texnik ma’lumotlar hamda reklama ko’rinishidagi xatlarni Foydalanuvchilarga tarqatish huquqiga ega. Ma’muriyat Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga jo’natilayotgan xat tarkibiga uMail xizmati va Ma’muriyatning boshqa loyihalari haqida ma’lumotni qo’shishga haqli.

8.2 Ma’muriyat uMailning bir yoki bir nechta xizmatlari ish jarayonini to’xtatgan holda uMailning dasturiy –apparat majmuasida profilaktika ishlarini olib borish huquqiga ega. Bu jarayon foydalanuvchilar uchun uMail saytida ogohlantiruvchi e’lon joylashtirilgandan so’ng amalga oshiriladi.

8.3. Fors major holatlar yuz berganda, shuningdek uMail faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi uchinchi tomon dasturiy-apparat majmualarida halokat yoki to’xtab qolish holatlarida, uchinchi shaxslar tomonidan uMail ishlashini to’xtatishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilganda Foydalanuvchini ogohlantirmagan holda uMail faoliyati vaqtinchalik to’xtatilishi mumkin.

8.4. Ma’muriyat Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmagan holda Foydalanish kelishuvida ko’rsatilgan uMaildan foydalanish qoidalari va cheklovlarini istalgan vaqtda bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.

8.5. Foydalanish kelishuvining yangi talqini ro’yxatdan o’tgan Foydalanuvchilar uchun uMail saytida joylashtirilishi bilan kuchga kiradi. Foydalanuvchi Foydalanish kelishuvining yangi talqiniga rozi bo’lmasa zudlik bilan uMaildan foydalanishni to’xtatishi lozim.

8.6. Barcha savollar, so’rovlar, da’volar va boshqa turdagi barcha jo’natmalar Ma’muriyatga support@uMail.uz elektron pochta manziliga jo’natilishi lozim. Anonim da’volar yoki Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tish vaqtida ko’rsatgan ma’lumotlar asosida Foydalanuvchini identifikatsiya qilishning imkoni yo’q da’volar ko’rib chiqilmaydi.

8.7. uMaildan foydalanish yuzasidan tomonlar uchun O’zbekiston Respublikasining qonun normalari qo’llaniladi.

8.8. Sud tomonidan Foydalanish kelishuvining biror bir bandini qonuniy kuchga ega emas deb topilishi yoki majburiy bajarilishi shart emasligi, Foydalanish kelishuvining boshqa bandlari noto’g’ri  ekanligini yoki bajarilmasligini anglatmaydi.

Gmail dasturi yordamida Android OS uchun pochta mijozini sozlash bo`yicha yo`riqnoma

1. Smartfoningizga Gmail ilovasini o‘rnating.

2. Dasturni o‘rnatib, ishga tushirganingizdan keyin uMail.uz akkauntini quyida keltirilgan skrinshotga asosan sozlang::

3. «Добавить аккаунт»ni bosing, so‘ng akkaunt turini – «Личный (IMAP/POP)» belgilang va «Далее».

4. Elektron pochta manzilini kiritib, «Далее» tugmasini bosing. Keyin akkaunt turini – «Личный (IMAP)» tanlab, yana «Далее» tugmasini bosing:

5. ID.UZ tizimidagi akkauntingiz parolini kiriting. Pochta serveri sifatida «mail.umail.uz», 143 portni ko‘rsatib, shifrlashni o‘chirish tavsiya qilinadi. Shundan so‘ng, «Далее»tugmasini bosing:

6. Chiquvchi xabarlar serveri sifatida «mail.umail.uz» , 587 port va himoya turi – «SSL/TLS» yoki «STARTTLS» ni («принимать все сертификаты» opsiyasini tanlash tavsiya etiladi), ham ko‘rsatish zarur. So‘ng «Далее» tugmasini bosing. Keyingi bosqichda akkaunt parametrlarini sozlashingiz mumkin.

7. Shundan so‘ng, sizning akkauntingiz smartfonga qo‘shiladi.

E’tibor uchun rahmat!

imzo qanday qo'yiladi

1. Agar siz, avval ID.UZ yagona identifikatsiya tizimidan ro'yxatdan o`tgan bo`lsangiz, http://uMail.uz sahifaga kirasiz va ID.UZ tizimi orqali identifikatsiyadan o`tasiz.

2. Agar siz, avval ID.UZ yagona identifikatsiya tizimidan ro`yxatdan o`tgan bo`lsangiz, ammo, Umail.uz pochtasiga ega bo`lmasangiz, http://uMail.uz sahifasiga o`tgan holda, ID.UZ tizimida avtorizatsiyadan o`tasiz va pochta manzilini yaratasiz.

 

3. Agar siz, ID.UZ yagona identifikatsiya tizimida ro`yxatdan o`tmagan bo`lsangiz, tizimda ro`yxatdan o`tish vaqtida «uMail.uz da pochta qutisi ochish» bandiga belgi qo`ygan holda, uMail.uz pochta qutisini ro`yxatdan o`tkazishingiz mumkin.

«uMail.uz da pochta qutisi ochish» oynasini belgilaganningizdan so`ng, pochta nomini kiritish uchun panel ochiladi. Kiritilgan pochta nomini eslab qoling. Chunki u “Рochta mijozi” dasturini sozlash uchun kerak bo`ladi. Pochtaga brauzerdan umail.uz manzili orqali kirish uchun ushbu maxfiy so`z kerak emas. Pochtaga o`tish, 1-bandga muvofiq ID.UZ orqali amalga oshiriladi.

 

4. Avtorizatsiyadan so'ng, siz, pochtangiz nomini va unga kirish tugmasini ko`rasiz. Pochtaga kirishdan avval, interfeys tilini (o`zbek, rus, ingliz) hamda interfeys ko`rinishini(mobil, planshet va kengaytirilgan) tanlashingiz mumkin.

 

5. Mobil interfeys eng soddalashtirilgan interfeys bo`lib, u mobil tebefonlar orqali foydalanish uchun moslashtirilgan. Ekranda papkalarning biri ichidagi ma'lumotlar aks etadi. Ma'lum bir xatni tanlanganda, u butun ekranda ochiladi. 

 

6. Mobil interfeysda planshet interfeysiga o`tish havolasida mavjud. Planshet interfeysning qulayligi, unda papkalardagi xatlarining ko`rsatikichlari ya'ni, xatni yuboruvchi, xat mavzusi va uning qabul qilingan vaqti kabi ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, xatlarda yuklangan ilovalar hamda xatlarni tanlash, ularni guruhlash amallarni bajarish mumkin.

 

7. Planshet interfeysi xatlarni ko`rib chiqish, mobil interfeysiga qaraganda qulayroq bo`lib, unda hatto xatlarga tez javob berish oynachasi ham mavjud. To`liq funktsional javob berish, xatlarga ilovalarni yuklash va formatlash imkoniyatiga ega HTML funktsiyasiga o'tish uchun «Javob berish» yoki «Hammaga javob berish» tugmasidan foydalanishingiz mumkin.

 

8. Planshet interfeysida mobil va kengaytirilgan interfeyslariga o`tish havolalari bor.

 

9. Kengaytirilgan interfeysning asosiy ustunligi: tanlangan xatning mazmuni o`sha onda ekranda ko`rinib turadi.

Shuningdek, siz, ekranda xat matnini joylashgan oynachani o'z ixtiyoringizga ko`ra xatlar ro`yxati ostida yoki o`ng tarafida joylashishini sozlashingiz mumkin.

Ekranning ko`rinishi, yuqori menyudagi asosiy band bilan sozlanadi va har bir xat papkalari uchun alohida saqlanadi.

 

10. Ko`nikish hosil qilganingizdan so`ng, o`z pochta manzlingizni kengaytirilgan ko`rinishga o`tishingiz mumkin. Ushbu sozlamalar paneli yuqori menyudagi «Sozlamalar» menyusida jamlangan. Sozlamalr ko`p turli bo`lib, boshlanishiga, sizning xatlaringizga qo`yiladigan imzoni yaratishingiz mumkin. Imzolarni har xil tilda bir nechtasini yaratgan holda foydalanishigiz ham mumkin.

 

11. Professional ish uchun tanlangan mezonlar asosida mahsus papkalarni yaratish va ularni o`zingizga qulay ravishda saralab olishni tavsiya etamiz

TheBat pochta mijozini sozlash yo`riqnomasi!

 TheBat pochta mijozini sozlash yo`riqnomasi!

1. TheBat o`rnatilgan va ochiq dasturida yangi pochtani yarating. Buning uchun dastrudagi asosiy menyuda «Ящик» bo`limidagi «Новый ящик» bandini tanlang. So`ng, dialog oynasida pochta nomini kiriting.

2. Pochta ochilgandan keyin uning sozlamalarini kiritish kerak. Ushbu amal kontekst menyusidagi pochta nomiga sichqonchaning o`ng tugmasini bosish orqali bajariladi.

3. Pochtani jo`natish sozlamalarida SMTP serveri maydoniga web.umail.uz deb kiriting.

4. «Соединение – обычное», «Порт 25» – ushbu ko`rsatkichlarning o`zgartirmang!

5. Pochtani qabul qilish uchun pochta serveri grafasida – web.umail.uz ni yozing.

6. «Пользовател» maydoniga pochta manziligizni kiriting (pochta manzilingizning @ belgichigacha bo`lgan qismi yozilishi kerak)

7. Pochtani yaratishda foydalanilgan parolni kiriting (ID.UZ dagi parol bilan adashtirmang)

8. «Протокол POP3» – o`zgartirmang.

9. «Соединение – обычное» ва Порт 110 – o`zgartirmang.

10. Server «Timeout» va «Тип доставки» maydonlarini o`zgartirmang yoki zarar bo`lganda keyin o`zgartirishingiz mumkin.

11. Agar hamma amallar to`g`ri bajarilgan bo`lsa, pochtadagi barcha xatlar The Bat ga o`tadi. Pochtangiz ish uchun tayyor. Pochtada xatlarni qabul qilish, yuborish va o`qish mumkin.

ID.UZ Loyihasi haqida

ID.UZ – Milliy internet tarmog'i segmentidagi saytlar va axborot tizimlari uchun yagona identifikatsiya va autentifikatsiya markazidir.

ID.UZ yagona identifikatsiya markazi vazifasini bajarib, quyidagi loyihalarga kirish imkoniyatini yaratadi:

·  Gov.uz
·  Lex.uz
·  Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona
·  WWW.UZ
·  Ziyonet.uz
·  Utube.uz
·  Fikr.uz
·  Desk.uz
·  cctld.uz
·  Gazeta.uz
·  OpenID protokolini qo'llab-quvvatlovchi har qanday saytlar

Agar siz ID.UZ tizimidan bir marta ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, OpenID texnologiyasini qo'llab-quvvatlovchi boshqa saytlardan ro'yxatdan o'tishingiz shart emas. ID.UZ tizimidagi o'z loginingizni ko'rsatishingizni o'zi kifoya. Bunday imkoniyat qator afzalliklarga ega: ko'p parollarni eslab qolish, har safar o'zingiz to'g'ringizdagi ma'lumotlarni turli saytlarga kritishingiz shart emas.

ID.UZ tizimidan ro'yxatdan o'tayotgan foydalanuvchi o'z shaxsiy profilini (fotosur'ati, shaxsiy ma'lumotlari) yaratadi. Imkoni boricha barcha so'ralgan ma'lumotlar to'g'ri va to'liq to'ldirilsa, tizimdagi boshqa foydalanuvchilar sizni oson topadi.

ID.UZ tizimi foydalanuvchilari 2 ta maqomga ega bo’lishlari mumkin:

(nomi yashiringan) Noma’lum foydalanuvchi;

PassportID maqomiga ega foydalanuvchi.

ID.UZ tizimi orqali avtorizatsiyadan foydalanuvchi tashqi xizmatlar, foydalanuvchilarga maqomiga qarab turli huquqlar berishi mumkin.

PassportID maqomi foydalanuvchi o'z pasport ma'lumotlarini ma'muriyatga taqdim etgandan so'ng beriladi. Ushbu maqom – foydalanuvchining identifikatsiyasini talab qiluvchi davlat, kommunal, bank va boshqa xizmatlarga kirish imkoniyatini beradi.

Agar sizda savollar tug’ilsa, ularni forumda berishingiz mumkin.