Malumotlar

1. @umail.uz da qanday qilib pochta ochish mumkin?
uMail da pochta ochish uchun ID.UZ identifikatsiya tizimida ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak. Agar siz ID.UZ  tizimidan avval ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, avval ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tishingizga to’g’ri keladi. So’ngra uMail.uz saytiga qaytib avtorizatsiyadan o’tasiz. uMail.uz saytida birinchi marta avtorizatsiyadan o’tayotgan vaqtingizda, sizga pochta nomini tanlash va pochta qutingizni sozlamalarini kirgizish taklif qilinadi.

2. @umail.uz da yana bir pochta manzili ochish mumkinmi?
ID.UZ tizimidagi bitta akkauntga uchta pochta qutisi ochish imkoniyati yaratilgan.

3. Sizlar taklif qiladigan pochta qutisining hajmi qancha?
Biz hajmi 10 Gb bo'lgan bepul pochta qutisi taklif qilamiz. 

4. Bitta xatning maksimal hajmi qancha?
Bitta xatning maksimal hajmi 100 Mb.

5. Sizlarning xizmatingiz, qaysi pochta bilan ishlash protokollarini qo'llab quvvatlaydi?
@umail.uz SMTP, IMAP protokollarini qo'llab quvvatlaydi va barcha mavjud pochta mijozlari bilan ishlaydi.

6. @umail.uz bilan ishlash uchun pochta mijozini qanday sozlayman?
Pochta mijozini sozlash uchun, sizning ID.UZ tizimidagi parolingizdan emas, balki pochta qutisini ochishda ko'rsatgan parolingizdan foydalaning.  SMTP (25) va IMAP (143) protokollar bo'yicha portlar boricha ishlatiladi.  @umail.uz akkauntini Outlookga sozlash qo'llanmasi.

7. Sizlarning tizimingizda qanday himoya vositalari qo'llaniladi?
Bizning tizimda ishonchli va unumli himoya vositalari qo'llaniladi: ClamAV platformasi asosidagi tizim; 20 dan ortiq mexanizm orqali istalmagan nomaqbul kiruvchi xatlarni aniqlovchi Spamassassin antispam tizimi; ruxsat etilgan manzillar va qora ro'yxatlarni qo'llab quvvatlash, shuningdek aniqlangan spamni maxsus jildga ko'chirish; antivirus va antispam asoslarini har kuni yangilanishi.

8. Mening pochtam qancha vaqt saqlanib turadi?
Agar pochta qutingizdan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanmasangiz u tizimdan avtomat tarzda o'chiriladi.

9. Pochta nomini tanlashda qanday cheklovlar mavjud?
Pochta nomini tanlashda lotin alifbosining harflarini (a-z), sonlarni (0-9), «.» (nuqta), «_» (pastgi chiziq) и «-» (uzluksiz defis) belgilardan foydalanish mumkin; uning uzunligi 6 tadan kam va 20 tadan ko'p ramzlardan iborat bo'lmasligi kerak; pochta nomi faqatgina harfdan boshlanishi, harf yoki son bilan tugashi mumkin; shuningdek pochtani nomlashda zahiraga qoldirilgan so'zlar (admin, uzinfocom, support, feedback va hokazo so'zlardan) ham foydalanish mumkin emas. 

10. Men mavjud pochta qutimni o'chirib tashlab, so'ng boshqa pochta qutisi ocha olamanmi?
Ha, bundan oldingi bandda aytib o'tilgan qadamlarni bajarganingizdan so'ng, siz yangi pochta qutisi ochishingiz mumkin. Lekin yangi pochta qutingizda eski xatlaringiz bo'lmasligini inobatga olishingiz kerak. 

11. Xat jo'natish yoki qabul qilishda muammo tug'ilsa kimga murojaat qilishim kerak?
Siz bizga support@umail.uz manziliga yoki "Qayta aloqa" sahifasidagi shakldan foydalangan holda sizda yuzaga kelayotgan muammo to'g'risida batafsil yozib yuborishingiz mumkin.

12. Men interfeysning rus va o'zbek tillaridagi ba'zi so'z birikmalarida xatoliklar borligini aniqladim. Bu haqida ma'muriyatga qanday ma'lum qilsam bo'ladi?
Agar siz interfeysdagi xatoliklarni topganingizda, umail@umail.uz manziliga yoki "Qayta aloqa"  sahifasidagi shakldan foydalangan holda bizga ushbu xatolar to'g'risida yozib yuborsangiz biz judayam minnatdor bo'lamiz.

13. Agar men 10 Gb hajmning barchasini ishlatib bo'lgan bo'lsam nima qilishim kerak?
Pochta qutingizning hajmini ko'paytirishning imkoni mavjud. Loyihaning  yangiliklari va o'tkaziladigan promo-aktsiyalarini kuzatib boring. Shuningdek siz barcha eski/keraksiz xatlarni o'chirib tashlashingiz yoki o'chirilgan xatlar jildini tozalashingiz mumkin. 

16. 100 Mbdan ortiq hajmga ega ilovalarni qanday qilib jo'natishim mumkin?
100 Mbdan ortiq hajmga ega fayllarni jo'natish uchun  http://fff.uz  fayllar ayrboshlash xizmati yoki http://UzDisk.uz  fayllarni saqlash xizmatidan foydalanishni maslahat beramiz. Bu saytlar ham TAS-IX doirasida faoliyat yuritadi. Faylni fff.uz yoki UzDisk.uz ga yuklang va faylga berilgan havolani o'z xatingizda ko'rsating.